Aziz Abduhakimov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlandi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 7-avgustdagi farmoniga tayanib.
Bungacha Aziz Abduhakimov Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri bo‘lib ishlagan.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining avvalgi rahbari Anvar Sharopov “boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan” lavozimidan ozod etildi.