Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Aziz Abduhakimov bandlik va mehnat munosabatlari vaziri etib tayinlandi. O‘zbekiston Prezidenti bu haqdagi tegishli farmonni 26-may kuni imzoladi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Aziz Abduhakimov. Foto: UzReport

Aziz Abduhakimov. Foto: UzReport

Aziz Abduhakimov mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Mehnat vazirligiga rahbarlik qilib kelayotgan edi. Vazirlik O‘zbekiston Prezidentining 23-maydagi farmoniga asosan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi sifatida qayta tashkil etildi.

“Gazeta.uz”ning qayd etishicha, Aziz Abduhakimov (1974-yilda tug‘ilgan) bungacha 2014-yil yozidan 2016-yil fevraliga qadar O‘zbekiston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, 2012-yil noyabrida esa Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga rahbarlik qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukusda bir-biri bilan mushtlashgan maktab o‘quvchilarining ota-onasi jarimaga tortildi
Mahalliy
AQSH elchixonasi O‘zbekiston armiyasi shifokoriga minnatdorchilik bildirdi
Dunyo
Xitoy olimlari dunyoda birinchi bo‘lib Arktika bo‘risini klonlashtirdi (video)