Avstraliyaning sharqiy sohilida halokatga uchragan AQShning MV-22 Osprey konvertoplanida bedarak yo‘qolgan harbiylarni qidirish ishlari to‘xtatildi. Bu haqda, ABC telekanaliga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Bedarak yo‘qolgan, halok bo‘lgani taxmin etilayotgan uch harbiyni qidirish ishlari tugadi”, — deyiladi rasmiy xabarnomada.
Ilgari xabar qilinganidek, konvertoplan bortida bo‘lgan 26 dengiz piyodasidan 23 nafari qutqarilgan.
Qutqaruv-qidiruv ishlari Avstraliya mudofaa kuchlari ko‘magida kengaytirilgan shaklda davom ettiriladi. Bu bir necha oy vaqt olishi mumkinligi aytilmoqda.
Izoh (0)