AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli Xafvsizlik Kengashining yangi sanksiyalari KXDRga jiddiy zarba bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Umid qilamanki, ular (KXDR) xalqaro hamjamiyat birdamlik bilan uni bu harakatlarni to‘xtatishga chaqirayotganini tushunadi. Ular qaror qabul qilishi kerak. Bu ularning nafasini bo‘g‘uvchi zarba bo‘ldi”, — dedi Xeyli xonim.
O‘z navbatida, u AQSh ham sanksiyalar doirasida barcha choralarni amalga oshirishga tayyorligini bildirib o‘tdi.
Shimoliy Koreyaga qarshi sanksion choralarni kuchaytiruvchi rezolyutsiya Xavfsizlik Kengashida bir ovozdan qabul qilindi.
Izoh (0)