4-avgust kuni AQSh prezidenti Donald Tramp birinchi marta ta’tilga chiqadi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Aytilishicha, u Nyu-Jersidagi o‘ziga tegishli golf klubiga yl oladi.
Trampning kengaytirilgan ta’tili 17 kun davom etishi kutilmoqda.
Tramp ta’tilda ekanligida Oq Uyning g‘arbiy qanotida isitish va havo tozalash tizimi o‘zgartiriladi. Bu tizimlar 27 yildan buyon o‘zgartirilmagan edi.
Izoh (0)