Janubi-G‘arbiy Florida xalqaro aeroporti xodimi yashin urishi oqibatida jiddiy jarohattlar oldi. Airlive portali 3-avgust kuni voqea aks etgan videoni e’lon qildi.
Voqea iyul oyida ro‘y bergan bo‘lsa ham, u haqda endi ma’lum qilinmoqda. Yashin aeroportda turgan samolyotga hamda layner yaqinida bo‘lgan 21 yoshli Ostin Dannga urildi.
Yigit uchinchi darajali kuyish jarohatini oldi, shuningdek, unda mushaklar zarar ko‘rishi va ichki miya qon ketishi qayd qilindi. Jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazildi va ikki hafta shifokorlar nazorati ostida bo‘ldi.
Izoh (0)