Moskva prokuraturasi 2-avgust kuni Gorkiy nomli bog‘da “NTV” kompaniyasi jurnalisti Nikita Razvozjayevga hujum uyushtirilishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Jinoiy ish Rossiya JKning 116-moddasi bo‘yicha qo‘zg‘atildi.
“Politsiya organlariga bo‘lib o‘tgan voqeaning barcha shart-sharoitlarini o‘rganish va aybdor shaxsni qonunda ko‘zda tutilgan javobgarlikka tortish yuzasidan chora ko‘rish topshirildi”, — deyiladi prokuratura xabarnomasida.
Izoh (0)