Xitoy hukumati Buyuk Xitoy devori ostidan o‘tadigan 12 kilometrlik tunnel quradi. U 2022-yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlariga qadar Pekinni mamlakat shimolidagi Chjanszyakou shahrini bog‘lovchi tezyurar temir yo‘lning bir qismi bo‘ladi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Aytilishicha, loyiha chuqurlik bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatadi (432 metrgacha) va Osiyodagi eng uzun temir yo‘l tunneliga aylanadi.
Poyezdlar bu uchastkada 350 kilometr/soat tezlik bilan harakatlana oladi. Tunnelning qurilishi Pekin va Chjanszyakou o‘rtasidagi yo‘lni 3,5 soatga qadar qisqartirish imkonini beradi.
Izoh (0)