O‘zbekiston adliya vaziri Muzraf Ikromov Saudiya Arabistonining Toshkentdagi elchisi Xishom bin Mish’al bin Suvaylim as-Suvaylim bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Uchrashuv chog‘ida Ikromov O‘zbekiston Saudiya bilan aloqalarga uzoq istiqbolli e’tibor qaratayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.
O‘z navbatida, elchi Saudiya Arabistoni O‘zbekiston bilan turli sohalarda hamkorlik qilishga tayyorligini ta’kidlab o‘tdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat adliya vazirliklari o‘rtasida imzolanishi rejalashtirilayotgan anglashuv memorandumi holatlari muhokama qilindi.
Izoh (0)