Ishlab chiqarish unumdorligi — iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillaridan hisoblanadi. Mamlakat aholisi qanchalik samarador bo‘lsa, ish beruvchilarga, o‘z navbatida mamlakat iqtisodiga ko‘proq daromad keltirishi mumkin.
Expert Market o‘zining yangi tadqiqotlarida dunyodagi eng samarali ishchilar qaysi mamlakatda yashashini aniqladi. Ular taqqoslashda jon boshiga to‘g‘ri keladigan YIMini bir nafar insonning ishlagan soatlari miqdoriga bo‘lib yubordi, deb xabar berdi Insider Pro.10. Shvetsiya: 23,65 funt
Shvetsiya mamakatda jinoyat ko‘rsatkichining pastligi hamda aholi baxtlilik darajasining yuqorililigi bilan Skandinaviya davlatlari orasida mashhur hisoblanadi.9. Niderlandiya: 24,04 funt
Ko‘pchilik gollandlarni sabrsiz hisoblaydi. Biroq Niderlandiya ishlab chiqarish bo‘yicha Yevropa mamlakatlari orasida yettinchi o‘rindaligini hisobga olsak, yuqoridagi gap noto‘g‘ri bo‘lib chiqadi.8. Irlandiya: 25,44 funt
Brexit’dan so‘ng Buyuk Britaniyani tark etayotgan kompaniyalar Irlandiyaga o‘rnashishni rejalashtirmoqda. Bu yerda YIM kishi boshiga 47 805 funt sterlingni tashkil etadi.7. Avstraliya: 25,47 funt
Bu yerda mahalliy ishchilar haftasiga 817,61 funtlik mahsulot ishlab chiqaradi.6. AQSh 25,74 funt
AQShda YIM kishi boshiga 45 898 funtni tashkil etadi. Ishchilar esa o‘z vazifasini bajarishi uchun yiliga 1783 soat ishlashadi.5. Islandiya: 27,63 funt
Mamlakatda 300 minggina aholi istiqomat qiladi, uning iqtisodiyoti esa asosan baliq sanoati hamda alyuminiy qazib olishga ixtisoslashgan.4. Daniya: 28,87 funt
Daniya samaradorlik reytingida qo‘shnisi Shvetsiyadan oldinga o‘tib ketdi, biroq Norvegiyadan ortda qolmoqda.3. Shveysariya: 37,89 funt
Shveysariya o‘zining samaradorligi hamda poyezdlarining aniq jadvali bilan mashhur. Ushbu mamlakatda mahalliy aholi yiligi o‘rtacha 1590 soat mehnat qiladi.2. Norvegiya: 39,72 funt
Norvegiyalik ishchilar pul samaradorligi bo‘yicha Isroil, Yaponiya hamda Buyuk Britaniyalik hamkasblaridan ikki barobar oldinda.1. Lyuksemburg: 51,8 funt
Dunyodagi eng samarali mamlakat. Markaziy Yevropadagi ushbu kichik mamlakat Yevrokomissiya prezidenti Jan Klod Yunkerning vatani hisoblanadi.
Izoh (0)