Britaniyada rassom 100 mingta pichoqdan iborat haykal yasadi, deya xabar bermoqda TJournal.
Loyiha muallifi Alfi Redli butun Angliya va Uels bo‘ylab jinoyatlarda qo‘llanilgan pichoqlardan iborat haykalni loyihalashtirish va yig‘ishga ikki yil sarfladi. Sovuq qurol Shropshirdagi politsiya uchastkalari va metallni qayta ishlash markazi tomonidan taqdim etildi.
Har bir pichoq “biologik material”dan tozalangan va o‘tmaslashtirilgan.
Farishta ko‘rinishidagi haykal yasab bitkazilgach, Redli hukumatga murojaat qilib, uni Londondagi Trafalgar maydoniga o‘rnatishni so‘radi. Shu tariqa, u britaniyaliklarning mavjud muammodan xabardorligini oshirmoqchi. Change.org saytida ushbu rejani qo‘llab-quvvatlovchi petitsiya e’lon qilindi, uni 6 mingdan ziyod kishi imzolashga ulgurdi.
Izoh (0)