Qozog‘istonning Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan Angolaning birinchi Angosat sun’iy yo‘ldoshining uchirilishi uchinchi marta qoldirildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Sun’iy yo‘ldosh “Zenit” tashuvchi raketasi yordamida uchirilishi ko‘zda tutilgan edi. Uning uchirilish muddati oktabr oyining oxiridan noyabrga ko‘chirildi.
Aytilishicha, bunga sabab sifatida apparatning tayyor emasligi ko‘rsatilmoqda.
Ilgariroq sun’iy yo‘ldosh shu yilning yozida uchirilishi rejalashtirilgan, so‘ng sentabrga, undan keyin esa oktabr oyining oxiriga ko‘chirilgan edi.
Izoh (0)