AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Suriyaning Dayr az-Zavr viloyatining al-Bukamal shahrida uyushtirgan hujumi oqibatida olti tinch fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda, SANA agentligiga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Bundan tashqari, o‘n kishi jarohat oldi.
Zarba shifoxonaga berilgani aytilmoqda. Umuman, shahar infrastrukturasiga jiddiy zarar yetkazildi.
Koalitsiya kuchlari Dayr az-Zavrga bir oy ichida to‘rtinchi marta zarba berishi.
Izoh (0)