Facebook asoschisi Mark Sukerberg Forbes versiyasi bo‘yicha jahonning eng boy insonlari beshligiga kirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
27-iyul kuni uning kapitali 3,8 milliard dollarga oshdi. Ayni paytda uning 71,7 milliard dollar puli bor.
Shu tariqa, Sukerberg meksikalik biznesmen Karlos Slimdan o‘zib ketib, beshinchi pog‘onaga ko‘tarildi.
Bir kun oldin Facebook kapitalizatsiyasi 500 milliard dollardan oshgan edi.
Izoh (0)