Chempionlar xalqaro kubogining AQSh turnesida ishtirok etayotgan “PSJ” o‘zining uchinchi o‘yinida maydonga tushdi va Turinning “Yuventus” klubiga imkoniyatni boy berdi — 2:3.
Bellashuvda Klaudio Markizio dubl qayd etgan bo‘lsa, bungacha argentinalik hujumchi Gonsalo Iguain 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.
Parijliklar Chempionlar xalqaro kubogida muvaffaqiyatli to‘p sura olmayapti. O‘zining ilk uchrashuvida “Roma”ni penaltilar seriyasiga ko‘ra taslim qilgan Unai Emeri jamoasi, keyinroq Londonning “Tottenhem” klubidan 2:4 hisobida yengilgandi. “Yuventus” esa bungacha “Barselona” bilan kuch sinashib, 1:2 hisobida taslim bo‘lgandi.
Chempionlar xalqaro kubogi Florida, AQSh 27-iyul, payshanba
Izoh (0)