O‘zbekiston mustaqilligining 26 yilligi arafasida mamlakatning barcha hududlarida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovni xotirlash tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Milliy urf-odatlarga binoan ushbu marosimlarda elga osh tortildi. Islom Karimov xotirasiga Qur’on tilovat qilinib, duoi fotiha o‘qildi.
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ana shunday marosimda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
Xotira tadbirlarida fuqarolar, keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Izoh (0)