Amerikalik taniqli rejissor Jeyms Kemeron o‘zining “Titanik” kartinasidagi xatolar haqida hujjatli film suratga oladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Kemeronning eng mashhur filmi 1997-yili katta ekranlarga chiqqan edi. Ammo u bugungi kunga qadar bahslarga sabab bo‘lib kelmoqda.
Kemeron National Geographic bilan kelishgan holda bir soatlik hujjatli film tayyorlamoqda. Unda rejissor o‘z kartinasining tarixiy haqiqatga qay darajada mosligini tekshirib ko‘radi.
Kemeronning so‘zlariga qaraganda, “Titanik” ustida ishlaganida u har bir detalni imkon qadar asliga yaqinlashtirishga uringan:
“Men tirik tarixni yaratatyogan edim. Men ko‘plab halok bo‘lganlarga hurmat yuzasidan barchasini to‘g‘ri ko‘rsata olishim kerak edi. Ammo buning uddasidan chiqa olganmanmi? Buni National Geographic bilan, tadqiqotchilar, fan va texnologiyalar yordamida tekshiramiz va qayta baholaymiz”.
“Titanik: 20 yillik” filmi premyerasi 2017-yil dekabrida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)