Dilnoza Kubayeva “Darakchi.uz” nashriga bergan intervyusida bolaligi oddiy o‘tmaganini ma’lum qildi.
“Rollarimning barini o‘zimdan olaman. Bolaligim ham oddiy o‘tmagan. Ancha-muncha kinoga tatiydigan lahzalar ham bor-da. “Kelgindi kelin” eslang, “Allo, dadajon...” deb boshlanuvchi lavha bor-ku, ana shu o‘zimniki. Tarbiyalagan rollarim esa asosan teatrda. “Andishali kelinchak”dagi Olmaxon misol uchun, hamisha qo‘li ko‘ksida, kulib turadi, “Xo‘p bo‘ladi”, deydi doim. Egilganingiz sari yuzaga chiqasiz, Olmaxondan shularni o‘rganaman. “Quyoshni sen uyg‘otasan”, “Ogoh bo‘ling, odamlar”dagi rollarim esa shukr qilishga undaydi”, — dedi aktrisa.
“Bolaligim oddiy o‘tmagan deganda, nimani nazarda tutdingiz?” — deya savol berdi jurnalist.“Har bir oilaning o‘ziga yarasha past-balandliklari, yaxshi-yomon kunlari bo‘ladi. Bu haqda gapirishni xohlamasdim... Kichikligimdan boshqalarga qo‘shilolmasdim, bir chekkada qimtinibgina turadigan qizaloq bo‘lganman. Maktabga ham borishni istamasdim. Har bir voqea-hodisani o‘ylayverardim, “Nega bu shunday?” deb. Tan olaman, qiyinchilikda o‘sganmiz. Lekin hammasi uchun shukr qilaman. Chunki mana shularning barchasi bugun rollarimda ifodasini topayapti. Agar qiyinchilik ko‘rmay ulg‘ayganimda balkim bugungi darajaga erisha olmagan bo‘larmidim?”, — dedi Kubayeva.
Izoh (0)