Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh harbiy-dengiz kuchlarining kemasi 25-iyul kuni unga yaqinlashgan Eron kateriga qarata ogohlantiruvchi o‘q uzdi. Bu haqda, CNN telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Foto: CBS

Foto: CBS

AQSh mudofaa vazirligi vakillarining so‘zlariga qaraganda, voqea Fors ko‘rfazining shimoliy qismidagi xalqaro suvlarda ro‘y berdi. Eron kateri AQSH kemasining radio orqali aloqaga chiqish harakatlariga va signal raketalariga, shuningdek, beshta qisqa sirena signaliga javob bermadi. Kater 150 metrga yaqinlashganida amerikalik dengizchilar havoga qarata o‘q uzdi.

Kater Eron islom inqilobi muhofizlari korpusiga tegishli ekanligi aytilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonda o‘quvchilarga qo‘l ko‘targan o‘qituvchi videosini tarqatmaslik uchun 5 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
Shou-biznes
“Kimdir meni yo‘q qilmoqchi, ammo buni uddalay olmayapti”. Muyassar Razzoqova 6 yildan beri “zapret”da ekanligi hamda O‘zbekistondan ketish istagi haqida
Mehridaryo
“Hokimiyatga o‘zimni o‘ldiraman deb benzin ko‘tarib bordim, dardimni eshitishmadi” (video)