AQSh harbiy-dengiz kuchlarining kemasi 25-iyul kuni unga yaqinlashgan Eron kateriga qarata ogohlantiruvchi o‘q uzdi. Bu haqda, CNN telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
AQSh mudofaa vazirligi vakillarining so‘zlariga qaraganda, voqea Fors ko‘rfazining shimoliy qismidagi xalqaro suvlarda ro‘y berdi. Eron kateri AQSH kemasining radio orqali aloqaga chiqish harakatlariga va signal raketalariga, shuningdek, beshta qisqa sirena signaliga javob bermadi. Kater 150 metrga yaqinlashganida amerikalik dengizchilar havoga qarata o‘q uzdi.
Kater Eron islom inqilobi muhofizlari korpusiga tegishli ekanligi aytilmoqda.
Izoh (0)