Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Moliya vazirligi o‘rta va uzoq muddatli davrda mamlakat moliya bozorini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqdi, deb yozadi “Gazeta.uz”. Hujjat Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylandi.

Foto: “Uzse.uz”

Foto: “Uzse.uz”

O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha besh yillik Harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan konsepsiyani ishlab chiqishda Koreya fond birjasi, BMT Taraqqiyot dasturi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti va boshqa tuzilmalar ekspertlari qatnashdi.

Konsepsiyani amalga oshirish uchun 2017—2021-yillarda moliya bozorini rivojlantirishning kompleks dasturini tasdiqlash taklif etilmoqda. Unda qimmatli qog‘ozlar, sug‘urta va bank xizmatlari bozorlarining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, yangi moliyaviy vositalarni joriy etish, moliya bozorini tartibga solish tizimini institutsional tarzda mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar nazarda tutilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda