Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Microsoft korporatsiyasi 1985-yildan buyon Windows operatsion tizimi tarkibiga kirgan Paint grafik dasturi ustida ishlashni to‘xtatdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Windows 10’ning yangi talqini hisoblangan Fall Creators Update’ning olib tashlanadigan yoki eskirgan deb topiladigan vazifalari tavsifida Paint “faol ishlanish jarayonida emas va keyingi yangilashda o‘chirilishi mumkin” degan kategoriyaga joylashtirilgan. Microsoft dasturning taqdiri haqida boshqa tafsilotlarni keltirmagan.

Fall Creators Update’da korporatsiya Outlook Express hamda PDF va TIFF formatidagi hujjatlarni o‘qish uchun foydalaniladigan Reader dasturini ham o‘chiradi. Reader funksiyasi Edge brauzeriga qo‘shiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim
Sport
Eng tartibli himoyaga ega O‘zbekiston, 69 gol va yuzdan ortiq sariq kartochka. U-20 Osiyo Kubogi—2023 raqamlarda
Mahalliy
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona to‘lov tizimi yaratishni taklif qildi