23-iyul kuni G‘azo sektori hududidan uchirilgan raketa havoda urib tushirilmagani bois Isroil janubidagi aholi yashash joyiga tushdi va portladi. Bu haqda, The Jerusalem Post nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Raketa tushishi oqibatida hech kim zarar ko‘rmadi, jiddiy vayronaliklar kelib chiqmadi.
O‘tgan safar Isroil G‘azo sektori tomonidan 26-iyun kuni o‘qqa tutilgan edi. O‘shanda Isroil harbiy-havo kuchlari bunga javoban “HAMAS”ning G‘azo sektoridagi marralarini bombalagan edi.
Izoh (0)