Birinchi sovet millioneri Artyom Tarasov vafot etdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Tarasov 67 yoshda edi. U qachon dafn etilishi 24 iyul kuni ma’lum bo‘ladi.
Artyom Tarasov 1989-yili sovet davlatining birinchi rasmiy millioneri sifatida mashhur bo‘ldi. O‘shanda u o‘zining “Texnika” kooperatividan 3 million rubl maosh olgan edi.
O‘sha yili u Kooperativlar ittifoqi vitse-prezidenti sifatida Artyom haftalik gazeta chiqarish taklifini ilgari surdi. Ushbu gazetadan keyinchalik “Kommersant” shakllandi.
Izoh (0)