Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida barpo etilayotgan zamonaviy logistika markazida bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Greenfoodtrade kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan mazkur markaz qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va eksport qilish bilan shug‘ullanadi.

2018-yilning uchinchi choragida to‘la quvvat bilan ishga tushirilishi mo‘ljallanayotgan ushbu loyiha O‘zbekiston eksport salohiyatini oshirish, ichki bozorni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, yer maydonlaridan unumli foydalanish, yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.

40 gektardan ortiq maydonni egallagan majmuada 5 kross-doking, gipermarket, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saralash va saqlash ombori, 10 ming tonnalik muzlatgich, 150 o‘rinli mehmonxona quriladi.

Shavkat Mirziyoyevga mazkur majmua haqida batafsil ma’lumot berildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda