Hyundai kompaniyasi Solaris sedanining krash-testini o‘tkazdi. Oldingi sinovlardan farqli ravishda, bu safar mashina salonida tirik odam o‘tirgan edi, deb xabar beradi Motor nashri.
Test Myachkovodagi (Moskvadan 16 kilometr narida) ADM Raceway avtodromida o‘tkazildi.
Avtomobilni rossiyalik kaskadyor Martin Ivanov boshqarib bordi. Solaris’ning temir-beton to‘siq bilan to‘qnashuvi sekundiga ming kadr tezlikka ega kamerada suratga olindi.
Ivanov avtomobil tezligini 64 kilometr/soatga yetkazib, to‘siqqa urildi. Shunday ko‘rsatkichlarga ega krash-test Yevropaning Euro NCAP tashkiloti tomonidan o‘tkaziladi.
Zarbadan so‘ng haydovchi mustaqil ravishda avtomobil salonidan chiqa oldi. U jarohat olmadi.
Izoh (0)