Meksikalik hujumchi Xavyer Ernandes yana Premyer-ligaga qaytib, faoliyatini Londonning “Vest Hem” klubida davom ettiradi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.
Transfer masalasi to‘liq hal etilgan. Endi hujumchining o‘zi klub tibbiy ko‘rigidan o‘tishi va shaxsiy shartnomasiga imzo chekishi kerak bo‘ladi.
Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyaning “Bayer” klubi bu transferdan 13 million yevro ishlab oladi.
Chicharito “Manchester Yunayted”da Lui Van Gal murabbiylik qilishni boshlagan paytda Premyer-ligani tark etishga majbur bo‘lgandi. Orada u “Real” safida 23 ta o‘yinda ishtirok etib, 7 ta gol urdi. Keyinroq “Bayer”ning 54 ta uchrashuvida 28 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Avvalroq “Vest Hem” Manchester shahrining boshqa bir klubi — “Siti”ning sobiq darvozaboni Jo Xart bilan ham shartnoma imzolagandi.
Izoh (0)