O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan ayrim oziq-ovqat va birinchi ehtiyoj mahsulotlarini sotib olish maqsadida tanlov ishlari amalga oshirilmoqda. Bu haqda “Daryo” tahririyatiga yuborilgan xabarnomada aytildi.
“O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda respublikaning barcha hududlarida joylashgan Mudofaa vazirligi savdo boshqarmasi savdo nuqtalari orqali sotish maqsadida ayrim oziq-ovqat va birinchi ehtiyoj mahsulotlarini (kolbasa va go‘sht, konserva mahsulotlari, salqin ichimliklar, qandolat mahsulotlari, shaxsiy gigiyena vositalari va boshqalar) sotib olish maqsadida tanlov ishlari amalga oshirilmoqda”, — deyiladi e’londa.
Shu munosabat vazirlik bilan barcha yuqorida ko‘rsatilgan mahsulotlarni yetkazib berish imkoniyatiga ega korxona va tashkilotlarini yuqorida ko‘rsatilgan tanlovda ishtirok etishga taklif etadi.
Tanlov jarayonida respublika hududidagi ishlab chiqaruvchilarga ayrim qo‘shimcha imtiyozlar taqdim qilinadi, jumladan, xarid qilish huquqi tanlovsiz amalga oshirilishi mumkin.
“O‘tkazilayotgan tadbirning naqadar muhimligini inobatga olgan holda, hamda Mudofaa vazirligi xodimlari va ularning oila a’zolarini yuqori sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida 2017-yil 27-iyul kuni Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va targ‘ibot markazida (oldingi Aviasozlar saroyi) tadbirkorlar va yuqoridagi mahsulotlarni yetkazish imkoniyati bor korxona rahbarlarini qatnashish jarayoni bo‘yicha o‘tkaziladigan seminarga taklif qiladi”, — ta’kidlanadi xabarnomada.
Tijorat takliflari quyidagi manzilda qabul qilinadi: Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 100 uy, ruxsatnomalar byurosi, faks 262-82-28, elektron manzil: mudofaa@umail.uz.
Izoh (0)