Misr rasmiylari Sinay osmonida A321 samolyotining halokatga uchrashini de yure terakt deb tan olishdan cho‘chimoqda, negaki bu qurbonlarning qarindoshlari tomonidan yoppasiga sud da’volari ochilishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda tergov jarayoni bilan tanish manbaga tayangan holda “Interfaks” xabar berdi.
Aniqlashtirilishicha, Rossiya va Misr o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaaloqa 2017-yil oxiriga qadar yopiqligicha qoladi.
“Misr tomoni aloqaga chiqmayapti va bizlarning mutaxassislarimizni inspeksiyaning navbatdagi bosqichiga chaqirmayapti. Bu vaziyatda bu yil kerakli tadbirlarni tugatishning imkoniyati bo‘lmaydi”, — dedi agentlikning suhbatdoshi.
U xavfsizlik tekshiruvlari Misr aeroportlarining steril zonasidagi xavfsizlik tizimida jiddiy nuqsonlar aniqlab berganini aytib o‘tdi.
Rossiyaning A321 yo‘lovchi samolyoti 2015-yil 31-oktabrida Sinay shimolida urib tushirilgan edi. Buning oqibatida 224 kishi halok bo‘ldi.
Izoh (0)