Kanadalik olimlar dinozavrlarning yangi turini aniqladi. Bu tur albertavenator nomini oldi, deb xabar qiladi Meduza.
Ushbu dinozavrning tashqi ko‘rinishi kattakon qushga o‘xshagan: u ikki oyoqda yurgan, tanasi esa pat bilan qoplangan. Shuningdek, jonivorning kalta qanotlari ham bo‘lgan.
Paleontologlar u Red-Dir daryosi vodiysida 71 million yil avval yashaganini taxmin qilmoqda.
Tadqiqotchilarning so‘zlariga qaraganda, qazilma ishlari davomida kichik patli dinozavrlarni aniqlash noyob hodisa hisoblanadi.
“Biz bosh chanog‘ining bo‘lagini topib, shu asosda albertavenatorni yangi turga ajratdik”, — dedi Ontario qirollik muzeyi professori Devid Evans.
U kelajakda jonivor skeletining boshqa bo‘laklari ham topilishiga umid bildirdi.
Izoh (0)