Jaguar E-Pace dunyodagi eng uzun “bochka” uchun Ginnesning rekordlari kitobiga kirdi (video)

Jaguar’ning yangi krossoveri — E-Pace Ginnesning rekordlari kitobiga kiritildi. Bu haqda “Motor” xabar bermoqda.

Foto: “Motor”

Yangilik taqdimoti chog‘ida avtomobil seriyali mashinalar ichida dunyoda eng uzun “bochka”ni bajardi. Sakrash aks etgan rolik Britaniya markasining rasmiy YouTube-kanalida joylashtirildi.

Krossoverni Ginnesning rekordlari kitobidan o‘rin olgan 21 ta rekord egasi Terri Grant boshqardi. Avtomobil 15 metr uchib o‘tdi va 270-darajali “bochka”ni amalga oshirdi.

Jaguar’ning eng kichik krossoveri 150, 180 va 240 ot kuchiga ega uchta dizel, shuningdek, 249 va 300 ot kuchi bo‘lgan benzin motorlar bilan taklif etildi. E-Pace modeli narxi 41 ming dollardan boshlanadi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing