Jaguar’ning yangi krossoveri — E-Pace Ginnesning rekordlari kitobiga kiritildi. Bu haqda “Motor” xabar bermoqda.
Yangilik taqdimoti chog‘ida avtomobil seriyali mashinalar ichida dunyoda eng uzun “bochka”ni bajardi. Sakrash aks etgan rolik Britaniya markasining rasmiy YouTube-kanalida joylashtirildi.
Krossoverni Ginnesning rekordlari kitobidan o‘rin olgan 21 ta rekord egasi Terri Grant boshqardi. Avtomobil 15 metr uchib o‘tdi va 270-darajali “bochka”ni amalga oshirdi.
Jaguar’ning eng kichik krossoveri 150, 180 va 240 ot kuchiga ega uchta dizel, shuningdek, 249 va 300 ot kuchi bo‘lgan benzin motorlar bilan taklif etildi. E-Pace modeli narxi 41 ming dollardan boshlanadi.
Izoh (0)