WikiLeaks tashkiloti AQSh Markaziy razvedka byurosining qator yangi hujjatlarini e’lon qildi. Ularda maxsus xizmat Android operatsion tizimidagi smartfonlardan yo‘llangan SMS-xabarlarni tutib qolish tizimini yaratishga uringani aytilgan, deb xabar beradi “TASS”.
“Bugun, 13-iyul kuni, WikiLeaks MRBning Highrise loyihasi haqidagi hujjatlarini e’lon qiladi. Ushbu loyiha Android 4.0–4.3 tizimlaridagi uskunalarga mo‘ljallangan”, — deyiladi tashkilot saytida.
Aytilishicha, MRB tomonidan ishlab chiqilgan dastur nafaqat foydalanuvchilarning xabarlarini o‘qishi, balki ularni soxta manzillarga qaytadan yo‘llashi mumkin.
Izoh (0)