Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-iyul kuni parlament palatalari, siyosiy partiyalar, O‘zbekiston Ekologik harakati, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari faoliyatining tahlili hamda istiqboldagi vazifalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida deputat va senatorlar o‘z faoliyati haqida saylovchilarni xabardor etib borish uchun internetda, ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifalarini ochib, zarur ma’lumotlarni ularga kiritib borishlari lozimligi bo‘yicha taklifni ilgari surdi. Bu haqda 1News xabar bermoqda.

Foto: 1News

Foto: 1News

Uning so‘zlariga qaraganda, shunday parlament vakillari ham borki, o‘tgan qariyb ikki yarim yil mobaynida muhokama etilayotgan qonun loyihalari va masalalar bo‘yicha biron marta ham ma’ruza qilmagan, ularga munosabat bildirmagan yoki ma’ruza yuzasidan chiqishlar qilmagan, ular faqatgina ko‘r-ko‘rona ovoz berish bilan shug‘ullangan.

“Afsuski, bu — achchiq haqiqat. Deputat va senatorlar o‘z faoliyati haqida saylovchilarni xabardor etib borish uchun internetda, ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifalarini ochib, zarur ma’lumotlarni ularga kiritib borishlari lozim. Dunyodagi ko‘pgina mamlakatlar allaqachon shu tizimga o‘tgan. Bu boradagi ishlarni tashkil etish vazifasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbari Sh. Shermatovga topshiriladi”, — dedi Mirziyoyev.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bor. Xavi va Leo doimiy aloqada bo‘lib turibdi 
Mahalliy
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Mahalliy
Qashqadaryo viloyatida qurilgan namunali uylar qulab tushish arafasida ekani aytilmoqda (video)