Ukrainaning Cherkassi viloyatida uch kishilik oilani yashin urdi, er-xotin voqea joyida halok bo‘ldi, ularning o‘g‘li kasalxonada vafot etdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Fojia 12-iyul kuni kunduzi Xristinovskiy tumanidagi qishloqlardan birida, dalada yuz berdi.
38 yoshli erkak, uning 35 yoshli rafiqasi va 15 yoshli o‘g‘li qishloq xo‘jalik kombinati dalasida bodring terayotgan vaqtda yashin kelib ularni urgan. Er-xotin voqea joyida halok bo‘lgan. O‘smir esa og‘ir ahvolda kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan, ammo shifokorlarning harakatlariga qaramasdan, u hushiga kelmadi va ikki soatdan so‘ng vafot etdi.
Izoh (0)