Amerikalik xonanda Ariana Grande Manchester shahrining birinchi faxriy istiqomatchisi maqomini oldi. Bu haqda, The Guardian nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ariana Grande 22-may kuni shaharda konsert qo‘yayotgan paytda terakt sodir etilgan edi.
Shahar kengashi vakillari xonandagi faxriy istiqomatchilik maqomini berish borasidagi qarorni bir ovozdan qabul qildi. Qizning shahar oldidagi xizmatlari, xususan, terakt jabrlanuvchilari uchun mablag‘ yig‘ishga qaratilgan One Love Manchester konsertini tashkil etishdagi sa’y-harakatlari e’tirof etildi.
22-maydagi terakt qurbonlari soni 22 kishini tashkil qildi, 75 kishi jarohat oldi.
Izoh (0)