Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh raketaga qarshi mudofaa agentligi (Missile Defense Agency, MDA) THAAD harbiy harakatlar teatri raketalarga qarshi mudofaa tizimini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqdagi xabar agentlikning saytida chop etildi.

Foto: Missile Defense Agency

Foto: Missile Defense Agency

Aytilishicha, Alyaskaning janubiy sohilbo‘yidagi Kadyak orolida joylashgan kompleks Gavayi orollaridan shimolroqda C-17 Globemaster harbiy-transport samolyotidan uchirilgan ballistik nishonni yo‘q qildi.

FTT-18 (Flight Test THAAD-18) indeksiga ega sinovlar Kadyak kosmodromi infratuzilmasidan foydalangan holda AQSh armiyasi zenit artilleriyasi 11-brigadasi raschyoti tomonidan o‘tkazildi (Fort-Bliss, Texas shtati).

Agentlik mutaxassislari, kosmodrom personali va armiya raschyotidan tashqari, sinovlarda AQSh harbiy-havo kuchlari, raketaga qarshi mudofaa kuchlari birlashgan qo‘mondonligi, Milliy gvardiya bo‘linmalari va qismlari, mudofaa vazirligi ekspertlari ishtirok etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Android telefonlarda zilziladan ogohlantiruvchi funksiyani yoqish usuli (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda Ramazon oyi 23-martdan boshlanadi
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim