Shvetsiya immigrantlar uchun eng yaxshi mamlakat deb tan olindi. Buni U.S. News & World Report tomonidan o‘tkazilgan yillik tadqiqot natijalari ko‘rsatmoqda.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinni Kanada va Shveysariya egalladi.
The Local nashriga ko‘ra, reyting 21 ming respondentdan olingan intervyu natijalariga ko‘ra tuzilgan bo‘lib, unda iqtisodiy vaziyat, shuningdek, integratsiya masalalari inobatga olingan.
“Skandinaviya mamlakatlari — Shvetsiya, Norvegiya, Finlyandiya va Daniya — o‘nlikdagi to‘rt o‘rinni band qilgan, bu ko‘p jihatdan ularning iqtisodiyoti global miqyosda iliq baholanishi va bu yerda tenglik siyosati amal qilishi bilan bog‘liq”, — deyiladi maqolada.
Birinchi o‘nlikka, shuningdek, Avstraliya, Germaniya, AQSh va Niderlandiya kirdi.
Izoh (0)