Rossiyaning Qalmiq Respublikasida bir guruh tibbiyot xodimlari sakkiz yil muqaddam bir ayolni operatsiya qilish chog‘ida uning tanasida tampon qoldirgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Tergovning aniqlashicha, doktorlar ayolga aniq tashxis qo‘ya olmay, uni bir necha kasallikdan davolagan. Shu vaqt davomida u qorin bo‘shlig‘idagi qattiq og‘riqdan aziyat chekkan. Navbatdagi murojaatdan so‘ng shifokorlar unga o‘simta tashxisini qo‘yib, operatsiya belgilagan, va amaliyot paytida uning tanasida paxtali tampon qolib ketgani va shu tufayli u uzoq yillardan buyon aziyat chekib yurgani aniqlangan. Shifokorlar tamponni uning tanasida 2009-yil iyulida qoldirgan.
Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.
Izoh (0)