8-iyul kuni Rossiya poytaxtida Moskva transport kuni nishonlanmoqda. Ushbu bayram munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlar orasida avtobuslar paradini tilga olib o‘tish mumkin, deyiladi “TASS” materialida.
Aytilishicha, shaharliklar Sokolniki, VDNX bog‘i va Frunze sohilbo‘yida tashkil etilgan bayram tadbirlarida qatnashmoqda, kechki soatlarda esa mushakbozlik shousi uyushtirilishi kutilmoqda.
Tadbirlar doirasida Moskva merining o‘rinbosari Maksim Liksutov qahramon avtomobilchilar yodgorligi poyiga gullar qo‘ydi.
“Transport sohasi ishchilari harbiy yillarda ko‘plab qahramonliklar qildi. Artilleriya o‘qlari ostida ular hayotini garovga qo‘yib professional vazifasini bajardi”, — dedi u o‘zining chiqishida.
Bayram shahar avtobuslari va trolleybuslari paradi bilan ochildi. Paradda poytaxt ko‘chalarida turli yillarda qatnagan jamoat transporti namunalari namoyish etildi. Turli davrlar eksponatlari yana bir marta yo‘lovchilar uchun eshiklarini ochdi.
Bayram tadbirlar davom etmoqda.
Izoh (0)