Delta Air Lines aviakompaniyasining Sietldan Pekinga uchayotgan samolyoti bortida 23 yoshli Jozef Deniyel Xadek uchuvchi kabinasiga kirishga urindi. Shu sababdan ekipaj komandiri samolyot chiqqan aeroportga qaytishga qaror qildi, deb xabar beradi “MK.ru”.
Ammo janjalkash bu bilan tinchlanmadi va favqulodda chiqish eshigini ochishga urindi. Yuzaga kelgan talashda Xadek bort kuzatuvchisining yuziga urdi, ekipajga yordamga kelgan yo‘lovchining esa boshiga shisha bilan tushirdi.
Shunda jabrlangan bort kuzatuvchisi ikkita vino shishasini olib, Xadekning boshiga urdi, bunda shishalardan biri sinib ketdi.
Shundan so‘ng Xadekni bog‘lab qo‘yishning imkoni bo‘ldi, lekin qonunbuzar shundan keyin ham butun yo‘l davomida qichqirib, so‘kinib ketdi.
Samolyot qo‘nganidan so‘ng Xadek tibbiy yordamdan bosh tortdi va politsiyaga topshirildi. Bort kuzatuvchisi va jabrlangan yo‘lovchi esa shifoxonaga yetkazildi.
Endi janjalkash yo‘lovchi 20 yilgacha qamalishi yoki 250 ming dollar jarima to‘lashi mumkin.
Izoh (0)