Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan terrorga va kiberjinoyatchilikka qarshi kurash masalasini hamda Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilganini aytib o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Men AQSh prezidenti bilan juda uzun suhbat qurdim. Ko‘p savollar yig‘ilib qolgan edi — Ukraina ham, Suriya ham, boshqa muammolar ham, ayrim ikki tomonlama masalalar ham. Biz yana terror va kiberjinoyatchilikka qarshi kurash masalasiga qaytdik”, — dedi Putin Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan uchrashuv chog‘ida.
Putin Yaponiya rahbari u bilan uchrashuvni bir soat kutishiga to‘g‘ri kelgani uchun uzr so‘radi.
“Men o‘zim va AQSh prezidenti nomidan uzr so‘rayman”, — dedi u.
Rossiya va AQSh yetakchilarining suhbati 2 soat 15 daqiqa davom etdi. Ikki prezident birinchi marta shaxsan uchrashishi. Unga qadar ular faqat telefon orqali muloqot qilgan.
Izoh (0)