Toshkentning “Paxtakor” klubida darvozabonlarning yangi murabbiyi ish boshladi, deb yozdi “Championat.asia” nashri.
Bundan buyon klub posbonlarini turkiyalik Ibrohim Yilmaz o‘yinlarga tayyorlaydi. Katta ehtimol bilan bosh murabbiy Shota Arveladze yordamchisi Yilmas bilan Turkiyadagi faoliyati orqali tanishgan.
Kecha — 7-iyul kuni Shota Arveladze ta’tildan qaytib kelgan “Paxtakor” futbolchilari bilan ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi. Unda Ibrohim Yilmaz ham ko‘rinish berdi.
“Paxtakor” bunga qadar Qarshining “Nasaf” klubidan Eldor Suyunovni jamoaga olib kelib, Aleksandr Lobanov bilan raqobat qilishini ta’minlagandi. Ikkinchi davradan boshlab gruziyalik mutaxassis qaysi posbonga ishonch bildirishi ko‘pchilik uchun qiziq masala. Samvel Babayan murabbiylik qiladigan O‘zbekiston terma jamoasida Aleksandr Lobanov asosiy darvozabon hisoblanadi.
Izoh (0)