Filippin politsiyasi xristianlar istiqomat qiladigan mintaqalarda terrorga qarshi kurash chorasi sifatida musulmonlar uchun maxsus hujjat joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda, The Guardian’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Poytaxtdan shimoldagi Markaziy Luzon mintaqasi ma’muriyati islomiy jangarilar mamlakat janubidagi xristian shahrini egallab olganidan so‘ng bunday chora zarur bo‘lib qolganini ta’kidlamoqda.
Bu masala, politsiyadan tashqari, harbiylar, siyosatchilar va diniy jamoalar yetakchilari tomonidan muhokama qilinmoqda. Huquq-tartibot organlari vakillarining fikricha, maxsus kartalar terrorchilarni va shubhali fuqarolarni oson topish imkoniyatini beradi.