Delta Air Lines aviakompaniyasiga samolyotning Sietltdan Pekinga qilgan parvozi vaqtida yo‘lovchilardan biri uchuvchi xonasiga kirishga harakat qilib, uch kishiga jarohat yetkazdi. Bu haqda CNN telekanaliga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, mojaro Boeing 767 samolyotida parvozdan so‘ng sodir bo‘lgan. Tajovuzkor qo‘lga olingan. Ushbu voqea sabab uchuvchi samolyotni aeroportga qaytarishga qaror qilgan.
Samolyot mahalliy vaqt bilan 19:40 da qo‘nishni muvaffaqiyatli amalga oshirgan. Mojaro sababchisi Sietl aeroportidagi huquq-tartibot organlarining qo‘liga topshirilgan.
Ta’kidlanishicha, ushbu hodisa sababli ikkita yo‘lovchi va bir nafar ekipaj a’zosiga jarohat yetgan, biroq ularga aynan qanday jarohat yetgani ma’lum qilinmadi.
Delta vakillarining xabar berishicha, yo‘lovchilar o‘z manzillariga aynan shu reys bilan sal keyinroq uchib ketadi.