2017-yilning 5-iyul kuni Toshkent shahri hududida 3 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etildi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati. Mazkur yo‘l-transport hodisasida 5 nafar shaxslar tan jarohati olgan, vafot etganlar yo‘q.
2017-yilning 5-iyul kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 2605 ta huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 874 tasini qo‘pol turdagi, 29 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017-yil 5-iyul kuni jami 991 ta huquqbuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 534 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysinmasdan harakatlanish, 457 tasini belgilangan me’yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.