Tojikiston poytaxti Dushanbe mezbonlik qilayotgan CAFA Boys Tournament musobaqasida Aleksandr Mochinov murabbiylik qilayotgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi uchinchi o‘yindagi uchinchi g‘alabasiga erishdi, deb yozdi O‘FF sayti.
Mezbon Tojikistonga qarshi saf tortgan o‘zbekistonlik o‘smirlar Bo‘ronbek Mirzasalimovning dubli sabab muvaffaqiyat qozondi. Bunga qadar ular Qirg‘iziston ustidan 2:1, Turkmaniston ustidan 6:2 hisobida zafar quchishga muvaffaq bo‘lgandi.
CAFA Boys Tournament Dushanbe, Tojikiston 5-iyul, chorshanbaTojikiston U15 — O‘zbekiston U15 1:2
Gollar: Bo‘ronbek Mirzasalimov, 60 (0:1). Bo‘ronbek Mirzasalimov, 69 (0:2). Alisher Rahimov, 70 (1:2).Turkmaniston U15 — Qirg‘iziston U15 3:0
Ertaga — 7-iyul kuni g‘oliblik uchun kurash olib borayotgan Afg‘oniston o‘smirlari Turkmanistonga qarshi saf tortadi. Tojikiston esa Qirg‘iziston bilan bellashadi. O‘zbekistonlik futbolchilar bu turni o‘tkazib yuboradi.
8-iyul — shanba kuni O‘zbekiston Afg‘onistonni sinovdan o‘tkazsa, Turkmaniston va Tojikiston o‘zaro hisob-kitob qiladi.
Izoh (0)