Ispaniyalik Xavyer Sanches DNK testi yordamida qo‘shiqchi Xulio Iglesiasning o‘g‘li ekanligini isbotlab berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, 1975-yili Iglesias portugaliyalik raqqosa bilan ishqiy munosabatlarda bo‘lgan. U payti san’atkor Isabel Preysler bilan turmushda edi.
Sanches va uning onasi Iglesias bilan aloqasi haqida 1990-yillarda ma’lum qilgan bo‘lsa ham, xonanda buni rad qilib keldi. Sud Sanchesning foydasiga qaror qabul qildi. Ammo artist apellyatsiya berganidan so‘ng ishni ko‘rib chiqish to‘xtatildi.
Endi, DNK testidan so‘ng Sanches yana sudga da’vo kiritadi. Bu safar isbot sifatida aynan shu test natijalari ishlatiladi. Ularga ko‘ra, Iglesiasning otaligi 99,9 foizga tasdiqlandi.
Ayni paytda Xulio Iglesias Mayamida istqomat qiladi. U mazkur yangilikka hozircha hech qanday izoh bermadi.
Hozirda artistning rasman sakkiz farzandi ma’lum.
Izoh (0)