Shimoliy Irlandiya olti oydan buyon hukumatsiz turibdi. Mintaqaning asosiy partiyalari birlashgan hukumat yaratish bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti va muzokaralar jarayoni kuzgacha cho‘zilishi mumkin, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Demokratik yunionchilar partiyasi vakili Arlin Foster u a’zo bo‘lgan siyosiy kuch “Shinn Feyn”dagi millatchilar bilan kelisha olmayotganini ta’kidlab o‘tdi.
“Hanuzgacha kelishuvga kela olmaganimizdan afsusdamiz”, — uning so‘zlarini keltiradi Reuters.
Ayolning qo‘shimcha qilishicha, muzokaralar butun yoz davom etadi.
O‘z navbatida, “Shinn Feyn” yunionchilarni irland millatchilining legitim talablarini qabul qilishdan bosh tortishda, xususan, irland tilining rasmiy maqomini tan olishga to‘sqinlik qilayotganlikda ayblamoqda.
Shimoliy Irlandiya masalalari bo‘yicha Britaniya vaziri Jeyms Brokenshir Birlashgan Qirollik hukumati partiyalar o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanishi yo‘lida harakat qilishini aytib o‘tdi.
London muqaddam Shimoliy Irlandiya rahbariyatini mahalliy ma’muriyat ichki boshqaruv masalalarini hal qila olmagan taqdirda bevosita boshqaruvni qayta tiklashi mumkinligidan ogohlantirgan edi, ammo bu talabda hech qanday rasmiy muxlat aks etmagan edi.
Izoh (0)