Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston 2016-yil yakuni bo‘yicha yalpi ichki mahsulot hajmi bo‘yicha, xarid qobiliyati tengligini (purchasing power parity) hisobga olganda, dunyoda 61-o‘rinni egalladi. Bu haqda Uzdaily xabar bermoqda.

Foto: Uzdaily

Foto: Uzdaily

Jahon banki YaIM hajmi bo‘yicha mamlakatlar reytingini e’lon qildi. Undan 186 davlat o‘rin oldi. Reytingda O‘zbekiston, xarid qobiliyati tengligi hisobga olinganda, 207,47 milliard dollar ko‘rsatkich bilan 61-o‘rinni egalladi.

Bank 2016-yil YaIM ko‘rsatkichlariga asoslangan dunyo iqtisodiyotlari hajmi haqidagi ma’lumotlarni ham e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda YaIM o‘tgan yili 67,22 milliard dollarni tashkil etdi va mamlakat 195 davlat orasida 71-o‘rinni egalladi.

Aholi jon boshiga yalpi milliy daromad (YaMD) 2016-yil yakunlari bo‘yicha 2,22 ming dollarni tashkil etdi va O‘zbekiston bu ko‘rsatkich bilan 159-o‘rinda qayd etildi. Xarid qobiliyati tengligi inobatga olinganda esa YaMD 6,64 ming dollardan iborat bo‘ldi (dunyoda 147-o‘rin).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)